» » Inyesta ortda qoldi. Lionel Messi “Barselona” tarixidagi eng sovrindor futbolchiga aylandi

Inyesta ortda qoldi. Lionel Messi “Barselona” tarixidagi eng sovrindor futbolchiga aylandi


Xabar berilganidek, kecha, 12-avgust sanasida Ispaniya Superkubogi uchun bahs bo‘lib o‘tdi.

Unda Kataloniyaning “Barselona” hamda Andalusiyaning “Sevilya” jamoalari kurash olib bordi va bahs Ernesto Valvyerde shogirdlarining 2:1 hisobidagi irodali g‘alabasi bilan yakunlandi.

Mazkur g‘alaba “ko‘k-anorranglilar” hujumchisi Lionel Messi uchun “Barselona”dagi 33-sovrin bo‘ldi va u klub tarixidagi eng ko‘p sovrin yutgan futbolchiga aylandi.

Avvalgi eng yaxshi natija yaqinda jamoani tark etib, Yaponiyaning “Vissel Kobe” klubiga o‘tgan Andres Inyestaga tegishli edi. Inyesta “Barselona” bilan 32 ta sovrinni qo‘lga kiritgandi.

Jamoaning boshqa a’zolari — Jerar Pike hamda Serxio Buskets hisobida esa 28 tadan sovrin mavjud.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2018, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 59) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют