» » Surxondaryoda qalbaki diplom sotuvchisi qo‘lga olindi

Surxondaryoda qalbaki diplom sotuvchisi qo‘lga olindi


2018-yilning 10-avgust kuni Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i nomiga Sariosiyo tumanida yashovchi fuqaro K.R. arizasi yuzasidan Surxondaryo viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi “Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘linma”si xodimlari tomonidan Sariosiyo tumani Sharg‘un shaharida joylashgan “Sardorbek” to‘yxonasida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Sariosiyo tumani “Sharg‘un qurilish” kasb-hunar kollejining mas’ul xodimi M.R. Sariosiyo tumanida yashovchi fuqaro Z.G.ning nomiga rasmiylashtirilgan diplom berish evaziga 2.400.000 so‘m pullarni olgan vaqtda tezkor xodimlar tomonidan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, Sariosiyo tumani “Sharg‘un qurilish” kasb-hunar kollejining mas’ul xodimi M.R.ning yashash uyida saqlab kelgan fuqaro Z.G.ning nomiga rasmiylashtirilgan K№5178812 seriya raqamli diplom va kelgusida fuqarolarni chuv tushirib sotish uchun yashash uyida saqlab kelayotgan 20 dona diplom aniqlanib, xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan hamda Sariosiyo tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2018, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют