» » OAV: Pokiston “Torkxam” nazorat-o‘tkazish punkti hududida Afg‘oniston bilan chegarani yopdi

OAV: Pokiston “Torkxam” nazorat-o‘tkazish punkti hududida Afg‘oniston bilan chegarani yopdi


Pokiston hukumati Afg‘oniston bilan chegarani odamlar va yuklar uchun “Torkxam” nazorat-o‘tkazish punkti hududida yopib qo‘ydi, deb yozadi “TASS”. “Torkxam” ikki mamlakat o‘rtasidagi odamlar va yuklar eng ko‘p o‘tadigan punktlardan biridir.

“Pokiston-Afg‘oniston chegarasi navbatdagi ko‘rsatmalar berilguniga qadar xavfsizlik yuzasidan yopildi”, — dedi Pokiston armiyasi matbuot xizmati rahbari general-mayor Asif Gafur.

The Express Tribune ma’lumotlariga ko‘ra, qaror mamlakat oliy fuqarolik rahbariyati va harbiy qo‘mondonligining shoshilinch majlisida qabul qilingan. Unga Sind provinsiyasining Sexvan shahridagi so‘fiylar masjidida sodir etilib, 74 kishining o‘limiga va 300 kishining jarohatlanishiga olib kelgan terakt sababchi bo‘lgan.

Опубликовано: admin (17-02-2017, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют