» » Ektor Kuper O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan dastlabki yig‘inini 22-avgustda boshlaydi

Ektor Kuper O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan dastlabki yig‘inini 22-avgustda boshlaydi


O‘zbekiston milliy terma jamoasiga bosh murabbiy sifatida tayinlangan argentinalik mutaxassis Ektor Kuper 22-avgustdan boshlab dastlabki yig‘inlarni boshlaydi, deb xabar beradi O‘FA matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston milliy terma jamoasi ishtirokida 22-avgustdan 1-sentabrga qadar Toshkentda o‘quv mashg‘ulot yig‘ini tashkil qilinadi. Yig‘in boshida asosan Pepsi Superligada to‘p surayotgan futbolchilar ko‘zdan kechirilsa, sentabrga yaqin xorijda to‘p surayotgan legioner futbolchilar ham yig‘inga kelib qo‘shiladi.

Terma jamoaga nomzod futbolchilarni ko‘zdan kechirish va O‘zbekiston milliy terma jamoasi asosini shakllantirish uchun Ektor Kuper va uning yordamchilari reja asosida ish olib boradi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston termasi kuz oylarida Suriya, Shimoliy Koreya, Qatar kabi terma jamoalar bilan o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2018, 14:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют