» » O‘zbekistonda 7 oyda mingdan ortiq xorijiy korxona tashkil etildi

O‘zbekistonda 7 oyda mingdan ortiq xorijiy korxona tashkil etildi


O‘zbekistonda  xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni  6468 tani tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qo‘mitaga ko‘ra, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan bu ko‘rsatkich 1195 taga yoki 22,6 foizga o‘sgan. Shuningdek, xorijiy kapital ishtirokidagi faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalardan 3528 tasi qo‘shma korxona, 2940 tasi esa xorijiy korxona hisoblanadi.

Xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning asosiy qismi Toshkent shahri 4140 ta (64,0 foiz), Toshkent viloyati 719 ta (11,1 foiz) va Samarqand viloyatlari 350 ta (5,4 foiz) hissalariga to‘g‘ri keladi. Eng kam xorijiy kapital ishtirokida tashkil etilgan korxonalar Xorazm viloyati 54 ta (0,8 foiz), Qashqadaryo viloyati 67 ta (1,0 foiz), Navoiy viloyati 79 ta (1,2 foiz) va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 97 ta (1,5 foiz) qayd etildi.

Agar faoliyat yuritayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarni iqtisodiy faoliyat turlari kesimida ushbu ma’lumotlarni 2018 yil 1 avgust holatiga ko‘rilsa, eng ko‘p sanoatda — 2678 ta (41,4 foiz), savdoda — 1353 ta (20,9 foiz) hamda boshqa faoliyat turlarida esa 1104 ta (17,1 foiz) tashkil qilingan.

Eng kamlari esa sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda — 89 ta (1,4 foiz), axborot va aloqada — 164 ta (2,5 foiz), tashish va saqlashda — 190 ta (3,0 foiz), qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi — 247 ta (3,8 foiz), yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda — 272 ta (4,2 foiz) va qurilishda — 371 ta (5,7 foiz) tashkil qilingan.

2018-yilning yanvar—iyul oylarida xorijiy kapital ishtirokidagi ro‘yxatdan o‘tgan yangi korxonalarning soni 1151 tani tashkil qilgan. Bu ko‘rsatkich esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 736 taga ko‘paygan yoki 2,8 baravarga oshgan.

Rossiya rezidentlari kapitali ishtirokida 144 ta, Turkiya — 147 ta, Xitoy — 137 ta, Qozog‘iston — 91 ta va Janubiy Koreya — 78 ta yangi korxona ro‘yxatdan o‘tgan. Shuningdek, 2018-yil davomida Afg‘oniston, Hindiston, Germaniya, Ukraina, Ozarboyjon va boshqa davlatlar vakillari qo‘shma faoliyatga qiziqish bildirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2018, 17:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют