» » Pokistondagi afg‘onistonlik diplomatlarga terakt munosabati bilan norozilik bildirildi

Pokistondagi afg‘onistonlik diplomatlarga terakt munosabati bilan norozilik bildirildi


Afg‘onistonning Pokistondagi elchixonasi vakillari armiyaning Ravalpindidagi bosh qarorgohiga chaqirildi, u yerda Pokistonga qarshi terrorchilik hujumlarini tashkil qilishda ularning mamlakati hududidan foydalanganlik uchun norozilik bildirildi. Bu haqda Pokiston armiyasi matbuot xizmati rahbari general-mayor Asif Gafur ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Bunday chora ko‘rilishiga Sind provinsiyasining Sexvan shahridagi so‘fiylar masjidida sodir etilib, 74 kishining o‘limiga va 300 kishining jarohatlanishiga olib kelgan terakt sababchi bo‘lgan.

Teraktdan so‘ng Pokiston armiyasi shtab boshlig‘i general Kamar Javed Bajva Islomobodning mamlakatga yog‘ilgan terror to‘lqiniga javob qilish niyati haqida e’lon qildi. Pokiston tomoni da’vo qilishicha, terakt uchun javobgar jangarilar Afg‘oniston hududida turib harakat qilgan.

Afg‘onistonlik diplomatlarga, shuningdek, Islomobod tomonidan qidirilayotgan, Afg‘onistonda yashirinayotgan 78 terrorchining ro‘yxati berildi va Qobul ularni Islomobodga zudlik bilan topshirishi yoki o‘zi ko‘rsatilgan shaxslarga nisbatan tegishli jazo choralarini ko‘rishi talab qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pokiston-Afg‘oniston chegarasi xavfsizlik yuzasidan yopib qo‘yilgan edi.

Опубликовано: admin (17-02-2017, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 77) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют