» » Anjelina Joli ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizildi

Anjelina Joli ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizildi


Gollivud aktrisasi Anjelina Joli shoshilinch ravishda ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Tibbiy muassasa anoreksiya va bulimiyani davolashga ixtisoslashgan, deb yozmoqda “MK.ru”.

Xabar berilishicha, Joli bir necha yil avval ortiqcha vazn haqidagi miyasiga o‘rnashib qolgan fikrlar sababli mazkur kasalxonaga yotqizilgan.

Kelishgan qomatga erishish uchun aktrisa 44 kilogrammgacha ozgan, bunda uning bo‘yi 170 santimetrni tashkil qilgan. O‘shanda tibbiy muassasa xodimlari Joliga anoreksiyaga qarshi kurashishga yordam bergan.

Taxmin qilinishicha, bu safar ruhiy tushkunlikka aktrisaning ajrashishi bilan bog‘liq jarayonlar sabab bo‘lgan. Joli shifokorlar nazorati ostida ikki hafta bo‘ladi.

Shundan so‘ng u “Malefisente” filmining ikkinchi qismini suratga olish ishlariga qaytishi mumkin, aktrisa filmda asosiy rolni ijro etmoqda.

Aktrisaning muvozanatga solib bo‘lmas holatini uning advokati Lora Vasser ham ta’kidlagan. U Anjelina bilan hamkorlik qilishdan bosh tortgan va kinoyulduzning xarakterini “zaharlovchi” deb atagan.

Vasser har qanday nizoni tinch yo‘l bilan hal qilishni ma’qul ko‘radi. Uning fikriga ko‘ra, aktrisa “qonga tashna va Bredning bolalari bilan bo‘lgan munosabatlarni yo‘q qilishni istamoqda”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2018, 19:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют