» » 12-avgustdagi test sinovlari natijalari e’lon qilindi. Eng yuqori o‘tish ballari — Agrar universitetning Andijon filialida

12-avgustdagi test sinovlari natijalari e’lon qilindi. Eng yuqori o‘tish ballari — Agrar universitetning Andijon filialida


O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov O‘zbekiston davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining 12-kuni natijalari haqida axborot berdi.

12-avgust kuni test sinovlari 9 ta binoda 3 ta oliy ta’lim muassasalarining 14 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan bo‘lib, unda 7 377 nafar abituriyent ishtirok etgan. Turli sabablarga ko‘ra 270 abituriyent testga kelmagan, tartib qoidalarini buzganligi sababli 6 abituriyent test sinovlaridan chetlatilgan.

Davlat granti bo‘yicha eng yuqori o‘tish bali — 111,6 ball — Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filialining “Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi” ta’lim yo‘nalishida qayd etilgan. To‘lov-kontrakt bo‘yicha eng yuqori o‘tish bali — 92,2 ball — Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filialining “Mevachilik va uzumchilik” ta’lim yo‘nalishida kuzatilgan.

12-avgustdagi test sinovlari yakunlariga ko‘ra, shu kuni davlat grantiga o‘tishning o‘rtacha bali 90,1 ballni, to‘lov-kontraktga o‘tishning o‘rtacha bali esa 74,3 ballni tashkil etgan. Test sinovlari natijalarini 13-avgust kuni soat 18:00 dan boshlab DTM saytida tekshiruv mumkin bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2018, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 91) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют