» » Keniyada begemot xitoylik sayyohni g‘ajib tashladi

Keniyada begemot xitoylik sayyohni g‘ajib tashladi


Keniyada begemotni suratga olishga uringan xitoylik sayyoh halok bo‘ldi. Hayvon sayohatchini g‘ajib, o‘ldirgan. Bu haqda The Star xabar berdi.

Hodisa mamlakat janubi-g‘arbidagi Nayvasha ko‘li atrofida yuz bergan. 66 yoshli Chan Min Chuan o‘z do‘stlari bilan mehmonxona atrofidagi hayvonlarni suratga olayotganda begemot unga hujum qilib, ko‘kragidan tishlab olgan. Qon yo‘qotayotgan erkak kasalxonaga jo‘natilgan, biroq shifokorlar uning hayotini saqlab qola olmagan.

Hodisaga guvoh bo‘lgan kishining ta’kidlashicha, Chan hayvonga juda yaqin borgan, bu esa hujumga sabab bo‘lgan. Nayvasha ko‘li qayiqchilari assotsiatsiyasi raisining so‘zlariga ko‘ra, suvning ko‘tarilishi begemotlar xarakterining tajovuzkor bo‘lishiga xizmat qiladi, chunki ular ovqat izlab qirg‘oqqa chiqishga majbur bo‘ladi.

Tabiatni muhofaza qilish xizmati xodimlari qotil begemotni izlamoqda. Chan yil boshidan buyon Nayvasha ko‘lida begemot hujumidan halok bo‘lgan oltinchi kishi bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2018, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют