» » Samarqandning sobiq hokimi Turobjon Jo‘rayev daxlsizlik huquqidan mahrum qilingan

Samarqandning sobiq hokimi Turobjon Jo‘rayev daxlsizlik huquqidan mahrum qilingan


O‘zbekiston Senati Kengashi tomonidan Samarqand viloyatining sobiq hokimi, senator Turob Jo‘rayevni daxlsizlik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risida qaror 11-avgust kuni qabul qilingan. Bu, Senat axborot xizmatiga asoslanib, “Kun.uz” xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Jo‘rayevni daxlsizlik huquqidan mahrum etish haqidagi tegishli taqdinoma O‘zbekiston bosh prokurori tomonidan 11-iyul kiritilgan, Senat Kengashi esa shu kuniyoq “Turob Jo‘rayevni daxlsizlik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risida”gini qaror qabul qilib, uni Bosh prokuraturaga yuborgan.

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi qonunning 4-moddasida senator vakolatini muddatidan ilgari tugatish asoslari va tartibi belgilangan. Unga ko‘ra, qonunda belgilangan asoslar mavjud bo‘lganda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan senatorning vakolati muddatidan ilgari tugatilishi mumkin.

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunning 6-moddasiga ko‘ra, senator daxlsizlik huquqidan foydalanadi. U Senat roziligisiz, Senat majlislari oralig‘idagi davrda esa, Senat Kengashining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi yoki sud tartibida beriladigan ma’muriy jazoga tortilishi mumkin emas.

Moliya vaziri o‘rinbosari, xalq ta’limi vaziri sifatida ishlagan (2004—2008-yillarda), keyinroq 2008—2011-yillarda Surxondaryo viloyatida hokim bo‘lgan Turobjon Jo‘rayev 2011-yil kuzida Qashqadaryo viloyati hokim etib tayinlangan. Ko‘p o‘tmay, Birinchi Prezident Islom Karimovning qattiq tanqidi ostida ishdan olingan.

To‘rt yillik “katta tanaffus”dan so‘ng, Jo‘rayev 2017-yilda yana rahbarlik lavozimiga qaytgan. Dastlab 2017-yilning aprelida Toshkent viloyatining Bekobod tumaniga, keyinroq, Samarqand viloyati hokimi lavozimiga tayinlangan. 2018-yil iyulida Turobjon Jo‘rayev katta miqdordagi korrupsiyaga aralashib qolganlikda gumon qilinib, ishdan olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2018, 22:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют