» » Google’ni foydalanuvchilarning roziligisiz joylashgan joy haqidagi ma’lumotlarni saqlashda ayblashdi

Google’ni foydalanuvchilarning roziligisiz joylashgan joy haqidagi ma’lumotlarni saqlashda ayblashdi


Associated Press olib borgan tadqiqot iPhone va Android-qurilmalardagi ko‘plab Google servislari, maxfiylik sozlamalarida joylashgan joy tarixi o‘chirib qo‘yilgan bo‘lsa ham, foydalanuvchilarning bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib yurishlari haqidagi ma’lumotlarni saqlashini ko‘rsatdi, deb yozadi Meduza.

Google foydalanuvchidan oldindan, masalan, Google Maps dasturi geolokatsiyadan foydalanishi uchun ruxsat so‘raydi. Google qo‘llab-quvvatlash sahifasida aytilishicha, uni o‘chirib qo‘ygan foydalanuvchilar “barcha dasturlar uchun joylashgan joy haqidagi ma’lumotlardan foydalanishni taqiqlaydi”.

Associated Press jurnalistlari bu haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini aniqladi. Eksperiment shuni ko‘rsatdiki, foydalanuvchilar bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib yurishlar tarixini o‘chirib, ammo dasturlar tarixi va veb-qidiruv sozlamalarini o‘zgartirmaganidan keyin ba’zi Google servislari joylashgan joy haqidagi ma’lumotlarni avtomatik tarzda saqlashda davom etadi. Xususan, foydalanuvchi Android’da Google Maps, qidiruv servisi yoki ob-havo dasturini ochganida, kompaniya geolokatsiyadan foydalanadi.

Prinston universiteti tadqiqotchilari jurnalistlarning xulosalarini tasdiqladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2018, 23:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют