» » Buyuk Britaniyada o‘z haqini ola olmagan quruvchi ekskavator bilan 5 ta yangi uyni buzib tashladi

Buyuk Britaniyada o‘z haqini ola olmagan quruvchi ekskavator bilan 5 ta yangi uyni buzib tashladi


Buyuk Britaniyaning Bantingford shahrida quruvchi ekskavator bilan yaqinda odamlar joylashishi kerak bo‘lgan beshta yangi uyni buzib tashladi. Uning politsiyaga tushuntirishicha, o‘z ishi uchun unga haq to‘lanmagan. Bu haqda TJournal xabar berdi.

Xabar berilishicha, Deniel Nigu ismli 30 yoshli quruvchi Ruminiyadan bo‘lib, Buyuk Britaniyada uch yildan buyon yashamoqda. Quruvchi 2,5 million funt sterling miqdorida zarar yetkazgan.

Politsiyani chaqirgan guvohning so‘zlariga ko‘ra, buzish vaqtida quruvchi kulgan va suratga olgan. Erkak politsiya bilan xotirjam gaplashgan.

Politsiya tomonidan xabar berilishicha, qo‘shni uylarda yashovchilar ularning binolari ham buzilishidan qo‘rqqan. Bunga javoban, quruvchi faqat qurilishi uchun haq ola olmagan uylarni buzishini aytgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2018, 07:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют