» » Xorazmda xodimlarni ta’mirlash ishlariga jalb qilgan maktab direktori jarimaga tortildi

Xorazmda xodimlarni ta’mirlash ishlariga jalb qilgan maktab direktori jarimaga tortildi


Gurlan tumanidagi 2-sonli umumta’lim maktabi direktori A.Jumanov baxsus bayonnoma bilan maktabning bir guruh texnik xodimlari: farrosh va qorovullarni bu yerda boshlab yuborilgan joriy ta’mirlash yumushlariga jalb qildi. Bu haqda Xorazm viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Qahramon Masharipov “Inson va qonun” gazetasiga ma’lum qildi.

Direktor bu ish mamlakatning amaldagi huquqiy va me’yoriy hujjatlari talablariga zid ekanligini bilsa-da, niyatidan qaytmadi. Natijada xizmat vazifasi maktab ozodaligini ta’minlash, chor-atrofni supurib-sidirish hamda hududni qo‘riqlashdan iborat bo‘lgan 10 ga yaqin xodim xizmat yo‘riqnomasida belgilangan yumushlar bir chetda qolib, ularga daxli bo‘lmagan joriy ta’mirlash ishlari maydoniga yo‘l oldi.

Direktorning qonunga zid harakati tez orada oshkor bo‘ldi. Qonunga zid nomaqbul hujjat o‘z kuchini yo‘qotdi.

A.Jumanov xodimlarning huquq va erkinligini poymol etgani, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasida ifodasini topgan qoidalarga xilof ravishda ish tutgani uchun eng kam oylik ish haqining 5 baravari miqdorida jarimaga tortildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2018, 09:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют