» » AQSh Tehronning bayonotlariga qaramay, Eron bilan muzokaralarga tayyorligini ma’lum qildi

AQSh Tehronning bayonotlariga qaramay, Eron bilan muzokaralarga tayyorligini ma’lum qildi


Amerika ma’muriyati Vashington bilan muzokaralar imkoniyatini istisno qilgan Eron rahbari va diniy yetakchisi oyatulloh Ali Xomanaiyning bayonotlariga qaramay, Tehron bilan muzokaralarga shaylikni saqlab qoladi. Bu haqda Davlat departamenti vakili ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

“Milliy xavfsizlik borasidagi shoshilinch muammolar yechimini topish uchun prezident Donald Tramp Eron bilan muloqot olib borishga tayyor”, — dedi Amerika tashqi siyosiy idorasi vakili.

U Tramp iyul oxirida Eron prezidenti Hasan Ruhoniy bilan uchrashuv o‘tkazishga tayyorligi haqida ishora berganidan keyin AQSh va Eron o‘rtasida bevosita yoki bilvosita muloqotlar bo‘lib o‘tgan-o‘tmaganligi haqidagi savolni ochiq qoldirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2018, 10:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют