» » AQShda terrorizm uchun 25 yilga qamalgan o‘zbekistonlik turmadagi suiqasd uchun yana 20 yil jazo oldi

AQShda terrorizm uchun 25 yilga qamalgan o‘zbekistonlik turmadagi suiqasd uchun yana 20 yil jazo oldi


AQShda terrorizm uchun 25 yilga qamalgan o‘zbekistonlik Fazliddin Qurbonov qamoqxona soqchisiga suiqasd qilganlik uchun yana 20 yil qamoq jazosini oldi, deb yozadi Sputnik.

Los-Anjeles sudida Qurbonov federal xizmatchining hayotiga suiqasd qilganligiga iqror bo‘ldi. 2016-yilda u soqchiga pichoq bilan hamla qilib, uning tomog‘ini kesishga uringan. Jabrlanuvchi qutqarib qolingan.

AQShda qochoq maqomini olgan Qurbonov 2013-yilda 4-iyul — AQSh mustaqilligi kunida harbiylar va oddiy fuqarolarga qarshi terakt uyushtirishga uringani uchun qo‘lga olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2018, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют