» » Armaniston sobiq prezidenti hibsdan ozod qilindi

Armaniston sobiq prezidenti hibsdan ozod qilindi


Armaniston sobiq prezidenti Robert Kocharyan hibsdan ozod qilindi, deb yozadi “Vesti.ru”.

Robert Kocharyan 2008-yil 1-mart namoyishlarini bostirish ishi bo‘yicha 2018-yil 27-iyul kuni 2 oyga qamoqqa olingan edi. Yerevanning birinchi instansiya sudi Armaniston maxsus tergov xizmatining Robert Kocharyanni hibsga olish haqidagi da’vosini qondirgan edi. 13-avgust kuni esa Apellyatsiya sudi ushbu qarorni sobiq davlat rahbari konstitutsiyaviy daxlsizlikka ega ekanligi asosida bekor qildi.

Armaniston bosh prokuraturasi Apellyatsiya sudi qarori ustidan shikoyat arizasi berish imkoniyatini o‘rganadi. Xususan, Armaniston Kassatsiya sudiga murojaat qilinishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Robert Kocharyan (1998—2008-yillarda Armaniston prezidenti) konstitutsion tuzumni ag‘darishda ayblanmoqda. Armaniston sobiq yetakchisiga 2008-yil 1-mart kuni bo‘lib  o‘tgan prezidentlik saylovlaridan keyingi namoyishlarni bostirish ishi bo‘yicha ayb qo‘yilgan. Shu paytga qadar Kocharyan tergov ishida faqatgina guvoh sifatida qatnashgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2018, 11:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют