» » O‘zbekistonlik futbol hakamlari Osiyo o‘yinlari—2018 da ishlaydi

O‘zbekistonlik futbol hakamlari Osiyo o‘yinlari—2018 da ishlaydi


To‘rt kundan so‘ng Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida XVIII Osiyo o‘yinlari rasman start oladi. Futbol bo‘yicha bellashuvlar esa biroz oldinroq start oldi. Ushbu uchrashuvlarda o‘zbekistonlik hakamlar ham faoliyat olib boradi, deb xabar beradi O‘FA matbuot xizmati.

Erkaklar o‘rtasidagi musobaqalarda ishlash uchun Aziz Asimov va Ruslan Serazetdinov, ayollar o‘rtasidagi musobaqalarga esa Anna Sidorova va Zilola Rahmatova O‘zbekistondan taklif etilgan.

Bugun, 14-avgust kuni bo‘lib o‘tadigan BAA – Suriya uchrashuvida Aziz Asimov bosh hakam sifatida ishlasa, Ruslan Serazetdinov unga qanotda yordam beradi. Yana bir yordamchi hakam Zamirbek Chinnibekov Qirg‘iziston vakili.

Osiyo o‘yinlari

14-avgust, seshanba

“C” guruhi, 1-tur

Bosh hakam: Aziz Asimov

Laynsmenlar: Ruslan Serazetdinov, Zamirbek Chinnibekov (Qirg‘iziston)

To‘rtinchi hakam: Timur Fayzulin (Qirg‘iziston)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2018, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 43) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют