» » Buni ko‘rish kerak. Ueyn Runi so‘nggi daqiqalarda jamoasini goldan saqlab qolib, golli uzatma berdi (video)

Buni ko‘rish kerak. Ueyn Runi so‘nggi daqiqalarda jamoasini goldan saqlab qolib, golli uzatma berdi (video)


Angliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Ueyn Runi ayni damda faoliyatini AQShning “Di Si Yunayted” klubida davom ettirmoqda.

32 yoshli Runi MLS’ning navbatdagi turida “Orlando” jamoasiga qarshi bahsda qahramonlik ko‘rsatdi. Uchrashuv asosiy vaqti 2:2  hisobida yakunlanyotgan pallada, hakam ikkinchi bo‘limga 6 daqiqa qo‘shib beradi.

Qo‘shib berilgan daqiqalarning beshinchisi o‘tib borayotgan bir pallada “Di Si Yunayted” burchak to‘pi ishlab oladi. Jamoa darvozaboni ham gol urish maqsadida raqib darvozasi oldigan yetib keldi. Shu orada “Orlando” futbolchilari to‘pni qaytarishning uddasidan chiqib, qarshi hujumga o‘tdi. Ueyn Runi esa raqib hujumchisini quvib yetib, undan to‘pni olib qo‘ydi. Va raqib jarima maydonchasiga to‘pni uzatdi. Runining uzatmasini esa uning sherigi bosh bilan “Orlando” darvozasiga joylab qo‘yib, jamoasining g‘alabasini ta’minladi.

Ma’lumot uchun, Ueyn 13 yil davomida “Manchester Yunayted” safida harakat qildi. 2018-yil yozida esa “Everton” bilan xayrlashib, “Di Si Yunayted”ga o‘tgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2018, 13:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 97) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют