» » OAV: Janubi—Sharqiy Osiyoda Shimoliy Koreya maxsus xizmatlarining yirik josuslik tarmog‘i faoliyat olib bormoqda

OAV: Janubi—Sharqiy Osiyoda Shimoliy Koreya maxsus xizmatlarining yirik josuslik tarmog‘i faoliyat olib bormoqda


Shimoliy Koreya maxsus xizmatlari oxirgi 10 yil mobaynida Janubi—Sharqiy Osiyo, birinchi galda, Indoneziya, Malayziya va Singapurdagi faoliyatini jadal faollashtirdi. Bu haqda mahalliy huquq-tartibot idoralariga tayanib, Star gazetasi ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

Malayziya tomonining ma’lumotlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya bosh razvedka byurosi mintaqa davlatlarida xorijdagi yirik josuslik tarmoqlaridan birini joylashtirgan. Xususan, Singapur va Malayziyada texnik maslahatchi yoki restoran biznesi bilan mashg‘ul kishilar niqobi ostidagi maxsus xizmatlarning ko‘plab xodimlari faoliyat olib boradi.

Gazetaning ta’kidlashicha, KXDR maxsus xizmatlari asosan Janubi—Markaziy Osiyoda ishlayotgan va yashayotgan Janubiy Koreya va Yaponiya vakillari — yirik korxonalar rahbarlari, tadbirkorlar, hatto diplomatlarga qiziqish bildiradi.

Ma’lumot uchun, oldinroq Malayziya politsiyasidagi manba jurnalistlarga KXDR yetakchisi akasi Kim Chon Namning Kuala-Lumpur aeroportidagi sirli o‘limiga “xorijiy josuslar tarmog‘i” aloqador bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilgandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-02-2017, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют