» » Xalq artisti Dilbar Ismoilova 80 yoshga to‘ldi

Xalq artisti Dilbar Ismoilova 80 yoshga to‘ldi


Joriy yilning 11-avgust kuni O‘zbek milliy drama teatrida O‘zbekiston xalq artisti Dilbar Ismoilovaning 80 yillik tavallud kuni munosib nishonlandi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Dilbar aya nomi atalmish zodning ko‘plab shogirdlari, hamkasblari, oila a’zolari, do‘stlari ushbu qutlug‘ sana bilan iste’dod egasini qutlashdi.

Shuningdek, Dilbar Ismoilovaga Madaniyat vazirining tabrik so‘zi o‘qib eshittirildi hamda Faxriy yorliq va esdalik sovg‘asi ham taqdim etildi.

Dilbar Ismoilovaning teatr sahnasida yaratgan obrazlari, ya’ni “Diydor” spektaklidagi Sharqiya, “Qutlug‘ qon”da Gulsum, “Zaharli hayot”da Sora, “Non, qon, inson” psixologik dramada Ona, “Qaytar dunyo” dramasida Xatira, “Otasining qizi” komediyasida Professor ayol, “Parvona”da Adolat, Said Ahmadning “Kelinlar qo‘zg‘oloni” va “Farmonbibi arazladi” yumoristik komediyalarida Lutfi, “Ayajonlarim”da Bo‘ston buvi, “Vafodor”da Saodat aya va teatrdagi ijodi bilan birga kino sohasida “Suyunchi”, “Kelinlar qo‘zg‘oloni” kabi bir qator filmlarda rang-barang rollari orqali el suygan san’atkorga aylangan va xalqimiz qalbidan o‘z ijrolari orqali munosib joy olgan ijodkordir.

Turli prototiplarini yaratadigan inson butun hayotini teatr sahnasiga bag‘ishlagan.

O‘zbekiston xalq artisti Dilbar Ismoilova betakror iste’dod sohibasi Zaynabbegim Sadriyeva ardog‘ida, sevimli farzand, sadoqatli shogirdligi bilan cheklanibgina qolmay, o‘z ustida tinimsiz izlanish olib borayotgan aktrisalardan biri ekani ta’kidlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2018, 16:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют