» » Shavkat Mirziyoyev investitsiyalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilishda bosh vazir 144 ta investitsiya loyihasiga mas’ul etib biriktirildi

Shavkat Mirziyoyev investitsiyalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilishda bosh vazir 144 ta investitsiya loyihasiga mas’ul etib biriktirildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 14-avgust kuni mamlakat iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yig‘ilishda hukumat a’zolari, davlat organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimlari, O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari qatnashgan.

Shu yil 19-iyulda qabul qilingan qarorga ko‘ra, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar ishtirokida umumiy qiymati 64 milliard dollar bo‘lgan 849 ta loyiha ro‘yxati shakllantirildi. Prezident 2018-yilda 5,8 milliard dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb qilinishi zarurligini alohida ta’kidladi.

Bu borada tartib-intizom va samaradorlikni ta’minlash maqsadida joriy yilgi loyihalarni amalga oshirish uchun nafaqat Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va tarmoq idoralari rahbarlari, balki bosh vazir va uning o‘rinbosarlari, vazirlar, qo‘mita raislari hamda Prezident maslahatchilari shaxsan mas’ul etib biriktirildi.

Masalan, O‘zbekiston bosh vaziri barcha investitsiya loyihalariga umumiy rahbarlik qilish bilan birga 144 ta loyiha bo‘yicha, Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari 18 ta loyiha bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishiga bosh-qosh bo‘ladi.

Videoselektorda qaysi rahbar qanday investitsiya loyihalariga mas’ul ekani, ularning qiymati va bajarilish muddatlari birma-bir muhokama qilindi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoyalarni jalb etish holati bo‘yicha mutasaddilarning hisobotlari eshitildi.

Loyihalarni amalga oshirishga mas’ul har bir rahbar shu bo‘yicha jadval tayyorlab, har hafta hududga chiqishi, loyiha tashabbuskorlari bilan gaplashib, muammosi bo‘lsa, zudlik bilan hal etishi, loyihalarni doimiy ravishda monitoring qilib borishi zarurligi ta’kidlandi. Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasiga Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda loyihalar monitoringi bo‘yicha avtomatlashtirilgan tizimni joriy etish vazifasi qo‘yildi.

Agar loyihalarni amalga oshirish monitoringini avtomatlashtirilgan tizimga o‘tkazmas ekanmiz, bu boradagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlay olmaymiz. Bu tizim to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoya kiritayotgan investorlarga amaliy qo‘maklashib, ularning ishini osonlashtirishi zarur.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2018, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют