» » Genuyadagi ko‘prik qulashi 20 kishining umriga zomin bo‘ldi, 10 kishi bedarak yo‘qolgan

Genuyadagi ko‘prik qulashi 20 kishining umriga zomin bo‘ldi, 10 kishi bedarak yo‘qolgan


Genuyadagi ko‘prik qulashi oqibatida 20 kishi halok bo‘lgan, yana 10 kishi bedarak yo‘qolgan deb taxmin qilinmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Italiya Fuqaro muhofazasi milliy agentligi rahbari Anjelo Borrellining so‘zlariga ko‘ra, hozirgacha hodisa oqibatida 20 kishining halok bo‘lgani, 13 kishi turli darajada tan jarohati olgani aniqlangan.

Uning qayd etishicha, qurbonlar soni yanada ko‘payishi ehtimoli mavjud. Hodisa oqibatida 35 ta avtomobil va 3 ta og‘ir transport vositasi zarar ko‘rgan.

Mavzuga doir: Italiyada 45 metr balandlikdagi ko‘prik quladi. O‘nlab odamlar halok bo‘ldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2018, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 110) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют