» » 13-avgustdagi test sinovlari natijalari e’lon qilindi. O‘zbekistonda OTMlarga kirish imtihonlari yakunlandi

13-avgustdagi test sinovlari natijalari e’lon qilindi. O‘zbekistonda OTMlarga kirish imtihonlari yakunlandi


13-avgust kuni holatiga ko‘ra kunduzgi, maxsus sirtqi va kechki ta’lim shakllari bo‘yicha bakalavriatga kirish test sinovlari respublikaning 60 ta oliy ta’lim muassasalari va ularning 19 ta filiallarida muvaffaqiyatli yakunlandi. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ma’lum qildi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, test sinovlarini adolatli va shaffof o‘tishini ta’minlash maqsadida ilk marotaba:

Bundan tashqari, ichki ishlar tizimidan 4963 ta shaxsiy tarkib xodimlari, 1206 ta aloqa vositalari, 694 ta metallodetektor, 289 ta transport vositasi test sinovlari jarayoni xavfsiz o‘tishiga jalb qilindi.

Kunduzgi, maxsus sirtqi hamda kechki ta’lim shakli uchun oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlar tomonidan 679 979 ta (2017-yilda — 729 947) ariza tushdi, tanlov bir o‘ringa o‘rtacha 8,2 nafarni (11) tashkil etdi.

Test sinovlarida ishtirok etuvchi abituriyentlar soni 622 030 nafarni tashkil etadi. Shuning bilan birga alohida iqtidor talab qilinadigan ta’lim yo‘nalishlariga 55 812 nafar hujjat topshirgan va imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlar soni 2 137 nafar.

Test sinovlarida qatnashganlar soni 604 677 nafarni tashkil etdi. Test sinovlarida 17 353 nafar abituriyent qatnashmadi, jumladan 14 957 nafari kelmadi, 1 340 nafari hududga kirishda hamda 1 056 nafari test jarayoni paytida qoidabuzarlik sodir etganligi sababli testdan chetlashtirildi.

Ma’lumot uchun: Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasining oliy ta’lim muassasalarida test sinovlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada tashkil qilish maqsadida 14—22-may kunlari o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar muvaffaqiyatli o‘tkazilganligi sababli ushbu hududlarda test jarayoni paytida chetlashtirishlar soni nisbatan kam bo‘ldi.

Test sinovlari materiallari Davlat feldyegerlik xizmati, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi, Ichki ishlar vazirligi va boshqa vakolatli organlar tomonidan, ularning maxfiyligi va daxlsizligi ta’minlanib, har kuni belgilangan muddatlarda respublikaning barcha hududlariga yetkazildi.

Test sinovlarini o‘tkazishga ta’lim muassasalaridan test sinovlari o‘tkazish tartib-qoidalari va texnologiyasi bo‘yicha maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan 5 285 nafar guruh nazoratchilari jalb qilindi. Test sinovlari o‘tkazilgan 57 ta binoda yong‘in va xavfsizlik choralari ko‘rildi. Barcha binolarda tibbiyot xodimlarining navbatchiligi hamda test sinovlari o‘tadigan hududlarda tez yordam mashinalari tashkil etildi.

O‘tkazilgan test sinovlari natijalari kunning ertasiga Davlat test markazining dtm.uz saytida e’lon qilindi.

Ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha eng yuqori o‘tish bali:

Oliy ta’lim muassasalari bo‘yicha eng yuqori o‘tish bali:

Respublika bo‘yicha o‘rtacha o‘tish bali:

Respublika oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida qo‘llanilgan bu yilgi tizim keyingi yillarda ham har tomonlama bilimli, iqtidorli yoshlarni oliy ta’lim muassasalariga kirib ta’lim olishlarida takomillashtirilgan holda joriy etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2018, 20:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 70) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют