» » Huawei Consumer Business Group 2018-yil birinchi yarim yillik biznes natijalarini e’lon qildi

Huawei Consumer Business Group 2018-yil birinchi yarim yillik biznes natijalarini e’lon qildi


Huawei joriy yilning ikkinchi choragida barqaror unumdorlikni namoyon etib, kattaligi bo‘yicha dunyodagi ikkinchi eng yirik smartfonlar ishlab chiqaruvchisiga aylandi

Huawei Consumer Business Group (CBG) o‘zining 2018-yil birinchi yarim yilligi bo‘yicha biznes natijalarini e’lon qildi. Kompaniya barqaror o‘sish va global miqyosda 95 million donadan ziyod* smartfon yetkazib berilgani haqida ma’lum qildi. IDC ma’lumotlariga ko‘ra, Huawei’ning jahon bozoridagi ulushi 15,8 foizni tashkil etib, ikkinchi chorakda smartfonlar ishlab chiqaruvchilar orasida kattaligi bo‘yicha dunyodagi ikkinchi eng yirik kompaniyaga aylandi.

Huawei Consumer Business Group bosh direktori Richard Yu: “Keyingi olti oy Huawei CBG uchun hayratlanarli kechdi — unda biznesimizning dunyo bozorlarida va ishlab chiqarish liniyalarida barqaror o‘sishi qayd etildi. Bunday muvaffaqiyatimizga sabab innovatsiyalarga sodiqligimiz va, eng asosiysi, mijozlarimizning ulkan hissasidir. Olg‘a intilarkan, Huawei oldingidek qurilmalarda, bulutli texnologiyalarda sun’iy idrokka urg‘u beruvchi o‘z takliflarini muntazam yaxshilash va Huawei ekotizimini yanada kengaytirishga diqqatini jamlaydi”.

Huawei flagmanlari va o‘rta toifa smartfonlarining e’tiborga loyiq xarakteristikalari Huawei brendining qadrini anchayin oshirdi: Huawei 2018-yil Global 500 ta brend ro‘yxati (Brand Finance’s Global 500 2018)da 25-satrda, BrandZ 100 ta eng qadrli dunyo brendi ro‘yxati (BrandZ’s Top 100 Most Valuable Global Brands)da 48-satrda va Forbes eng qadrli brendlar ro‘yxati (Forbes’ Most Valuable Brands)da 79-satrda zikr qilindi. Qayd etish joizki, Huawei 2018-yilda Forbes’ning 100 ta eng yaxshi kompaniya ro‘yxatidan joy egallashga muvaffaq bo‘lgan yagona Xitoy kompaniyasi bo‘ldi.

Reklama huquqi asosida



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2018, 20:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют