» » Noyob Ferrari 166 MM modeli 10 mln dollarga baholandi (foto)

Noyob Ferrari 166 MM modeli 10 mln dollarga baholandi (foto)


Britaniyaning Sotheby’s kimoshdi savdo uyi AQShning Florida shtatidagi Amiliya orolida 11-mart kuni bo‘lib o‘tadigan Amelia Island savdosida Ferrari 166 MM sportkari taqdim etilishini ma’lum qildi. Bu haqda Top Classic Car Auctions xabar bermoqda.

Barketta kuzovidagi (eshiklarsiz ochiq kuzov) qizil avtomobil 1950-yili ishlab chiqarilgan. Uning narxi 8–10 million dollarga baholanmoqda. Ferrari 166 MM modelining birinchi egasi italiyalik poygachi Eujenio Kastellotti (1930–1957) bo‘lgan. Mashina Mille Miglia poygasida ishtirok etgan.

Ferrari 166 MM 140 ot kuchiga teng, hajmi 2 litrga teng 12 silindrli original dvigatel bilan jihozlangan. Avtomobil holati juda yaxshi va butunlay harakatda.

Sotheby’s kimoshdi savdo uyining ma’lum qilishicha, Ferrari 166 MM 140 modelini faqatgina zaldan yoki telefon qilish orqali sotib olish mumkin bo‘ladi. Internetdan kelgan takliflar qabul qilinmaydi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-02-2017, 14:59)
0 (голосов: 2)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 1) ( 0) ( 1) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют