» » Air Products kompaniyasi prezidenti O‘zbekistonga 1 mlrd dollar sarmoya kiritishga tayyorligini bildirdi

Air Products kompaniyasi prezidenti O‘zbekistonga 1 mlrd dollar sarmoya kiritishga tayyorligini bildirdi


Amerikaning Air Products kompaniyasi prezidenti Seyfi Gasemi O‘zbekistonga 1 milliard dollar va undan ortiq investitsiya kiritishga tayyor ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” matbuot xizmati xabar bermoqda, deb yozadi Spot.

Kompaniya O‘zbekistonda sanoat gazlarini (kislorod, azot, argon, vodorod, sintez-gaz va boshqalar) ishlab chiqarish, qo‘llash va distributsiya qilishga qiziqish bildirmoqda.

Kuni kecha ishchi guruhning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish yakunlariga ko‘ra, bozorni o‘rganish va sanoat gazlarini ishlab chiqarish bo‘yicha audit o‘tkazish va takliflar ishlab chiqish haqida kelishuvga erishildi.

“Davlat darajasidagi uchrashuvlarimiz davomida mazkur sohalarni rivojlantirish va sanoat gazlarini ishlab chiqish bo‘yicha kompaniya tashkil etish uchun Air Products O‘zbekistonga milliard va undan ortiq AQSh dollari kiritishga tayyor ekanligini ma’lum qildik”, — deydi Gasemi.

Uning so‘zlariga qaraganda, aniq vazifalarni muhokama qilish uchun kompaniya va O‘zbekiston hukumatidan yetakchi mutaxassislarni jalb etish orqali ishchi guruh tashkil etishga qaror qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2018, 22:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют