» » AQShda davlat tuzilmalariga ZTE va Huawei smartfonlaridan foydalanish taqiqlandi

AQShda davlat tuzilmalariga ZTE va Huawei smartfonlaridan foydalanish taqiqlandi


AQShda hukumat tuzilmalariga ZTE va Huawei smartfonlaridan foydalanishni rasman taqiqlashdi, deb yozadi “Korrespondent.net”. Bu shu jumladan, ular ishlab chiqargan alohida tarkibiy qismlarga ham tegishli.

Taqiq faqat ma’lumotlarni ko‘rish va uzatish uchun foydalanilishi mumkin bo‘lgan tarkibiy qismlar uchun amal qiladi.

Yangi taqiq tufayli ko‘plab kompaniyalar yangi uskunalardan foydalanishga o‘tishiga to‘g‘ri keladi.

Taqiq ostiga, shuningdek, Hytera Communications, Hangzhou Hikvision Digital Technology Company va Dahua Technology Company kompaniyalarining aloqa va videokuzatuv uchun qurilmalari ham tushdi.

Taqiq davlat xavfsizligi nuqtai nazaridan joriy qilindi.

“Huawei AQSh hukumatining xavfsizlik choralarini yaxshilashga intilishini qo‘llab-quvvatlaydi, ammo kompaniyaning harbiy budjet haqidagi qonunga asossiz kiritilishi samarasiz, xato va nokonstitutsion hisoblanadi”, — deyiladi Huawei kompaniyasi bayonotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2018, 08:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют