» » Rossiyalik biznesmenlar Putin yordamchisining xati tufayli bir kunda 3 mlrd dollar yo‘qotdi

Rossiyalik biznesmenlar Putin yordamchisining xati tufayli bir kunda 3 mlrd dollar yo‘qotdi


11 nafar eng badavlat rolliyalik biznesmenlarning boyligi 10-avgust kuni bir kun ichida 3 milliard dollardan ziyodga kamaydi, deb yozadi Meduza Bloomberg reytingiga tayanib.

9-avgust kuni kechqurun Rossiya prezidentining yordamchisi Andrey Belousov Vladimir Putin nomiga yozilgan xatda Rossiyaning metallurgiya va kimyo kompaniyalari daromadlaridan 500 milliard rubl musodara qilishni taklif etgan edi.

Bloomberg hisob-kitoblariga ko‘ra, eng ko‘p “Novolipetsk metallurgiya kombinati” egasi Vladimir Lisin yo‘qotgan — uning davlati 832 million dollarga kamaygan.

Viktor Rashnikov (“Magnitogorsk metallurgiya kombinati”) va Aleksey Mordashov (“Severstal”) 450 million dollardan, Roman Abramovich (Evraz) 381 million dollar, Vladimir Potanin esa (Nornikel) 290 million dollar yo‘qotgan.

Ushbu biznesmenlarga tegishli kompaniyalar “Belousov ro‘yxati”ga kiritilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2018, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют