» » Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon O‘zbekistonga tashrifi davomida Samarqandni ziyorat qiladi

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon O‘zbekistonga tashrifi davomida Samarqandni ziyorat qiladi


Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu yil 9—10-mart kunlari davlat tashrifi bilan Tojikistonda bo‘lgan edi.

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Toshkentga 17-avgust kuni tongda kelishi kutilmoqda. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Komil Allamjonov Facebook’dagi o‘z sahifasida ma’lum qilgan.

Mustaqillik monumentiga gul qo‘yish marosimidan so‘ng Ko‘ksaroyda davlat rahbarlarining muzokaralari boshlanadi. Muzokaralar avval tor, keyin keng doirada o‘tkaziladi.

Muloqot chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, turizm, madaniy-gumanitar sohalardagi va hududlararo hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashiladi.

Muzokaralar yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston—Tojikiston hamkorligini yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Kunning ikkinchi yarmida “O‘zekspomarkaz”da Tojikiston mahsulotlari ko‘rgazmasi bo‘ladi. Emomali Rahmon poytaxtimizdagi Artel zavodiga ham tashrif buyurishi ko‘zda tutilgan.

Shu kuni O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlarining ikki mamlakat san’at ustalari ishtirokida o‘tkaziladigan konsertda qatnashishi rejalashtirilgan.

Tojikiston prezidenti 18-avgust kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov, Bosh vazir Abdulla Aripov bilan uchrashuvlar o‘tkazadi. Emomali Rahmon shu kuni Samarqandga tashrif buyurib, diqqatga sazovor maskanlarni ziyorat qiladi.

Tashrif davomida dasturga o‘zgarishlar kiritilishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2018, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют