» » O‘zbekiston va Rossiya malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlikni yanada kengaytiradi

O‘zbekiston va Rossiya malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlikni yanada kengaytiradi


Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligida Rossiya prezidentining xorijiy davlatlar bilan mintaqaviy va madaniy aloqalar boshqarmasi hamda Fan va ta’lim vazirligi vakillaridan iborat delegatsiyaci bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati ma’lum qildi.

Uchrashuvda Rossiya prezidentining xorijiy davlatlar bilan mintaqaviy va madaniy aloqalar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A.Ribakov, departament boshlig‘i A.Vlasov, Fan va ta’lim vazirligi xalqaro departamenti direktori I.Ganshin hamda O‘zbekiston Prezidentining Davlat maslahatchisi A.Abduvohidov, Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vaziri I.Majidov ishtirok etdi.

Muzokarada so‘ngi ikki yil davomida davlatlar o‘rtasida o‘zaro ishonchli va manfaatli hamkorlik izchil rivojlanib borayotgani, siyosiy, savdo-iqtisodiy sohalar bilan birga madaniy-gumanitar va ilmiy-texnik sohalarda ham aloqalar kengayib borayotgani e’tirof etildi.

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida malakali kadrlar tayyorlash yo‘lidagi hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish, jumladan, zamonaviy yo‘nalishlar va mutaxassisliklarda bakalavr, magistrlar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot sohasida o‘zaro tajriba almashish kabi muhim yo‘nalishlarda hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2018, 13:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют