» » Oybek Hoshimov Shayxontohur tumani prokurori lavozimiga tayinlandi

Oybek Hoshimov Shayxontohur tumani prokurori lavozimiga tayinlandi


O‘zbekiston Bosh prokurori buyrug‘i bilan Oybek Hoshimov Toshkent shahar Shayxontohur tumani prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar prokuraturasi ma’lum qildi.

O. Hoshimov 1978-yilda Farg‘ona viloyati, Oltiariq tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, huquqshunos, 2002-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

U prokuratura organlaridagi xizmat faoliyatini Andijon viloyati Bo‘z tumani prokuraturasida boshlab, keyinchalik Andijon va Farg‘ona viloyat prokuraturasi organlarida turli vazifalarda ishlagan. Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumani prokurori bo‘lgan.

O. Hoshimov 2018-yilning mart oyidan beri Samarqand viloyati prokurorining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2018, 16:57)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют