» » Xorazmda “Jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika kuni” o‘tkazildi

Xorazmda “Jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika kuni” o‘tkazildi


Xorazm viloyatida prokurorlar va ichki ishlar bo‘limlari boshliqlari davlat rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalar doirasida hudud bo‘ylab “Jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika kuni”ni boshlab yubordi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat prokuraturasi mutasaddilari ma’lum qildi.

Barcha tuman va shahar prokurorlari, ichki ishlar bo‘limlari boshliqlari keng jamoatchilik bilan birgalikda sodir qilingan jinoyat va huquqbuzarliklar, ularning kelib chiqish sabablarini muhokama qilib, bunday illatlar oldini olish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan masalalar haqida fikrlashmoqda.

Hududlar prokurorlari hamda ichki ishlar bo‘limlari boshliqlari tasdiqlangan jadval asosida mahalliy telekanalda chiqish qilib, sodir etilgan jinoyatlar, ularning kelib chiqish sabablari, huquqbuzarliklar profilaktikasi haqida axborot berib borishi ko‘zda tutilgan. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-02-2017, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют