» » O‘zbekistonda bir hafta ichida onlayn auksion orqali 2,5 mlrd so‘mlik 776 ta avtoraqam sotildi

O‘zbekistonda bir hafta ichida onlayn auksion orqali 2,5 mlrd so‘mlik 776 ta avtoraqam sotildi


6—10-avgust kunlari O‘zbekiston bo‘ylab onlayn auksion orqali 776 ta avtomobil raqamlari sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 2,5 milliard so‘mdan oshdi. Bu haqda Respublika tovar xomashyo birjasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning qariyb 23,5 foiz birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 54 foiz ikkinchi va 22,5 foiz uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli.

Xaridorlar tarkibida yetakchilikni Toshkent va Toshkent viloyati avtohavaskorlari egalladi va ularning tuzilgan bitimlar sonidagi ulushi 18 foizga teng.

Keyingi o‘rinda Farg‘ona viloyati avto havaskorlari 14 foiz ulush bilan joylashdi. Uchinchi o‘rin Andijon viloyati avto havaskorlariga tegishli bo‘lib, ulushi qariyb 12 foizni tashkil qiladi.

Boshqa hududlarning ulushi 56 foizga teng.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2018, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют