» » Toshkentda Geodeziya, kartografiya, kadastr va Yerni masofadan turib zondlash bo‘yicha davlatlararo Kengash sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda

Toshkentda Geodeziya, kartografiya, kadastr va Yerni masofadan turib zondlash bo‘yicha davlatlararo Kengash sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda


Toshkentda 13—16-avgust kunlari Geodeziya, kartografiya, kadastr va Yerni masofadan turib zondlash (tekshirish) bo‘yicha davlatlararo Kengashning 40-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi “Daryo”ga ma’lum qildi.

14-avgust kuni MDH vakillari ishtirokida sessiyaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Davlatlararo Kengash sessiyasining asosiy maqsadi MDH mamlakatlarining Geodeziya, kartografiya, kadastr va Yerni masofadan turib zondlash bo‘yicha davlat organlari tomonidan bajarilgan ishlarning yakuniy natijalarini ko‘rib chiqishdan iborat. O‘zbekistondagi qo‘mita rahbari Abdushukur Abdullayev Kengashning 2018-yildagi raisi vazifasini bajarmoqda.

Ochilish marosimida MDH mamlakatlarining Geodeziya, kartografiya, kadastr va Yerni masofadan turib zondlash bo‘yicha davlat organlari raislari va rahbarlari so‘zga chiqdir. Shuningdek, MDH Ijroiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari A.Smagulov so‘zga chiqib, quyidagi fikrni bildirdi: “Bugungi 40-yubiley sessiya davlatlarimiz fuqarolariga Hamdo‘stlik mamlakatlarining kartografiya-geodeziya, yer tuzish va kadastr byurolari 26 yil davomida amalga oshirgan ishlari va erishgan yutuqlar haqida so‘z yuritish uchun sabab bo‘lmoqda. Ta’kidlash lozimki, bugungi kun talabiga muvofiq fondlarimizda mavjud bo‘lgan barcha materiallar analogli tizimdan raqamli tizimga o‘tkazilmoqda. Ishonmanki, bugungi yig‘ilishimiz MDH mamlakatlarining geodeziya, kartografiya, kadastr va Yerni masofadan turib zondlash sohasidagi hamkorligini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi”.

MDH mamlakatlarining aksariyatida onlayn rejimida foydalanish mumkin bo‘lgan davlat, hududiy va munitsipal masshtabdagi kadastr xaritalari mavjud. Ushbu onlayn kadastr xaritalari chegaralari va koordinatalari aniqlanib, kadastr ro‘yxatiga kiritilgan yer uchastkalari, turar joy va sanoat binolari to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlardan istalgan vaqtda foydalanish imkonini beradi. Xaritalardan foydalanib turib, kadastr raqami yoki manzili bo‘yicha zarur ko‘chmas mulkni uning aniq chegaralari va yondosh hududlari bilan aniqlash mumkin.

Kadastr xaritasidagi har bir obyekt bo‘yicha quyidagi ma’lumotlarni olish imkoniyati yaratilgan: obyektning aniq maydoni, manzili, qiymati, maqomi, xarakteristikasi, ro‘yxatga olingan sanasi, mulkchilik shakli. Shu yerning o‘zida uchastkaning kadastr bahosini ham topish mumkin – ko‘chmas mulkni xarid qilish yoki sotishda to‘lanadigan soliq summasi va ijara qiymati aynan shu ko‘rsatkichga bog‘liq. Aksariyat hollarda riyeltorlar, yuristlar, geodezistlar va oddiy fuqarolarga aynan shunday ma’lumotlar kerak bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2018, 21:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют