» » O‘zbekistonliklar 3 oyda plastik kartochkalardan 2,2 trillion so‘mni naqdlashtirdi

O‘zbekistonliklar 3 oyda plastik kartochkalardan 2,2 trillion so‘mni naqdlashtirdi


Aholining naqd pulga bo‘lgan talabini to‘liq qondirish maqsadida bankomatlar va terminallar tarmog‘i kengaytirilishi hisobiga plastik kartalardan naqd pullar yechib olish hajmlari oshdi, deb yozadi “Xalq so‘zi”.

Markaziy bank hisobotiga ko‘ra, 2018-yilning II choragida aholi tomonidan plastik kartadagi mablag‘lar hisobidan naqd pul yechib olish hajmi I chorakdagi ko‘rsatkichdan 1,4 barobarga ortib, 2,2 trillion so‘mni tashkil qildi.

Bu esa, aholi tomonidan savdo va pullik xizmatlar uchun to‘lovlarda naqd pullardan foydalanish darajasini oshishiga olib keldi.

Xususan, joriy yilning yanvar—iyun oylarida savdo va pullik xizmatlar uchun naqd pulda to‘langan to‘lovlar hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,7 barobarga oshgan bo‘lsa, terminallar orqali to‘langan to‘lovlar miqdori o‘tgan yilning mos davriga nisbatan deyarli o‘zgarishsiz qolgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2018, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют