» » Toshkentda bozorlar va savdo komplekslaridagi davlat ulushi tadbirkorlarga beriladi

Toshkentda bozorlar va savdo komplekslaridagi davlat ulushi tadbirkorlarga beriladi


O‘zbekiston Prezidentining “Toshkent shahrida investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha eksperimentni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” farmoni qabul qilindi. Hujjat matni O‘zA tomonidan keltirildi.

Farmonga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi va Toshkent shahar hokimligining 2018-yil 15-avgustdan 2019-yil 15-avgustgacha Toshkent shahrida investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi eksperiment o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilindi:

Investorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar yakunlari bo‘yicha investitsiya shartnomalarini tuzish orqali Toshkent shahar hokimining qarori asosida soddalashtirilgan tartibda investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun doimiy egalik, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtinchalik) foydalanish huquqi asosida yer uchastkalarini taqdim etish imkoniyati;

Investorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar yakunlari bo‘yicha investitsiya kelishuvi asosida Toshkent shahar hokimining qarori bilan davlat mulki obyektlarini, shu jumladan, foydalanilmayotgan obyektlarni ularning maydoni hajmidan qat’i nazar berish, Prezidentning alohida qarorlari bilan davlat-xususiy sheriklikni joriy etish nazarda tutilgan sohalardagi obyektlar bundan mustasno;

Toshkent shahar hokimining qarori bilan kichik sanoat zonalari direksiyasi funksiyalarini ishonchli boshqaruv shartnomasi asosida xususiy boshqaruvchi tashkilotlarga berish;

Toshkent shahar hokimining qaroriga ko‘ra mahalliy davlat hokimiyati organlarining bozorlar va savdo komplekslari ustav kapitali (fondi)dagi ulushlarini ularning balans qiymati va xodimlari sonidan qat’i nazar, xususiy tadbirkorlik subyektlariga faoliyat yo‘nalishini saqlab qolish, investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar olish sharti bilan berish, shuningdek, bozorlar va savdo komplekslarining ijro etuvchi organi funksiyalarini shartnoma asosida xususiy boshqaruvchi tashkilotlarga biznesni tashkil etish va yuritish uchun berish. Bunda har bir tumanda mahalliy davlat hokimiyati organining ulushi bo‘lgan bitta mahalliy bozor saqlab qolinishi nazarda tutiladi;

Toshkent shahar hokimining qarori bilan davlat-xususiy sheriklik shartlarida avtomobil yo‘llari bo‘ylab pullik avtomobil to‘xtash joylarini tashkil etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish, xususiy investorlarni jalb qilgan holda ko‘p qavatli avtomobil saqlash joylarini qurish dasturlarini tasdiqlash;

Eng yuqori ijara to‘lovlari va investitsiya majburiyatlarini taklif etgan, asosan yo‘l harakati sohasida innovatsiya loyihalarini amalga oshirishda tajribaga ega tadbirkorlik subyektlariga mahalliy davlat hokimiyati organlari tasarrufida bo‘lgan, shu jumladan, bozorlar va savdo komplekslariga tutash hududlarda joylashgan avtomobillarni vaqtinchalik saqlash joylarini davlat-xususiy sheriklik shartlarida 10 yilga qadar muddatga ijaraga berish.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2018, 07:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют