» » O‘zbekistonda ma’nan eskirgan 556 ta standart bekor qilindi

O‘zbekistonda ma’nan eskirgan 556 ta standart bekor qilindi


“O‘zstandart” agentligining Axborot-ma’lumot markazi kelgusida bekor qilinishi rejalashtirilgan va ma’nan eskirgan, bozor mexanizmlari o‘rnini egallab olgan standartlarning xatlovini o‘tkazib, “O‘zstandart” agentligi tomonidan vazirliklar, idoralar, korxona va tashkilotlarga xatlov natijalari yuborilib, 556 ta standartlar vazirlik va tashkilotlardan yig‘ilgan takliflar asosida bekor qilindi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatdan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni  ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirildi.

O‘zbekiston Respublikasining 21 498 ta standartlarining  elektron versiyalari , “O‘zstandart” agentligi veb-saytiga joylashtirildi:

O‘zbekiston  Davlat standartlari (O‘z Dst) 1271 ta;

Davlatlararo standartlar (GOST) 20 131 ta va boshqalar;

O‘zbekiston  Davlat standartlari (O‘z Dst) ko‘rsatkichlari (kataloglari).

Davlat fondi joriy etilgan 594 ta (16,4%) xalqaro ISO standartlari bilan to‘ldirildi. Jami 3155 GOST ISOlarni tashkil etadi.

Joriy yilda xo‘jalik subyektlari va korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga tegishli bo‘lgan standartlarni xalqaro me’yorlar bilan uyg‘unlashtirish maqsadida 594 ta standartlar ishlab chiqilib joriy etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2018, 08:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 95) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют