» » Peskov Putin Avstriya tashqi ishlar vazirining to‘yiga borishini tasdiqladi

Peskov Putin Avstriya tashqi ishlar vazirining to‘yiga borishini tasdiqladi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin haqiqatan ham Avstriya tashqi ishlar vaziri Karin Knayslning to‘yida qatnashadi, deb yozadi “MK.ru” Rossiya rahbarining matbuot kotibi Dmitriy Peskovga tayanib.

Uning tasdiqlashicha, Vladimir Putin 18-avgust, shanba kuni Berlinga ketayotib, yo‘l-yo‘lakay Avstriyaga ushbu mamlakat tashqi ishlar vazirining to‘yiga kirib o‘tadi.

Prezident yordamchisi Yuriy Ushakovning aniqlik kiritishicha, Knaysl Putinni uning Venaga so‘nggi tashrifi chog‘ida to‘yga taklif qilgan. Hozir esa Berlinga safar munosabati bilan bunday imkoniyat yuzaga kelgan. Rossiya delegatsiyasi Avstriya TIV rahbari huzuriga kirib, uni tabriklab o‘tmoqchi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2018, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют