» » O‘zbekistondagi vazirlik, idora va tashkilotlar matbuot kotiblari faoliyati tanqid qilindi

O‘zbekistondagi vazirlik, idora va tashkilotlar matbuot kotiblari faoliyati tanqid qilindi


O‘zbekiston Milliy axborot agentligi mamlakatdagi vazirlik, idora va tashkilotlar matbuot kotiblari faoliyatini tanqid qiluvchi maqolani e’lon qildi.

“Ochiq tan olish kerak, bugun O‘zbekistonda matbuot kotiblari ishi qoniqarli emas. Qaysiki vazirlik, qo‘mita, idora va tashkilot faoliyati ommaviy axborot vositalarida tanqidga uchrasa, eng avvalo, shu tashkilotning matbuot kotibi boshida kaltak sinmoqda. Ya’ni, kutilmagan tanqidning oldini ololmagani sababli bosh aybdorga chiqarilmoqda. Hatto ayrim hollarda rahbarlarning o‘z matbuot kotibiga “yovqarashi” yoki “masofa saqlab muomalada bo‘lishi” tafakkur qobig‘ini uzoq yillardan buyon o‘rab olgan qo‘rquv pardasi hamon so‘tilmaganini ko‘rsatadi”, — deyiladi maqolada.

Bunday holatlarga “Jamiyat” gazetasi tomonidan “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi matbuot xizmatining sust va samarasiz ishi keskin tanqid ostiga olingach, xizmat rahbarining tahririyat hodimlariga do‘q-po‘pisa va bosim o‘tkazgani, oqibatda uning ishdan ketgani misol qilib ko‘rsatildi.

Ta’kidlanishicha, aksariyat matbuot kotiblari o‘rindoshlik asosida ikki va hatto uchta joyda ishlaydi, bu asosiy kuch va diqqatni jamlashga to‘siq bo‘lyapti, tabiiyki, tashkilot matbuot xizmati ishiga salbiy ta’sir o‘tkazyapti.

“Yirik tashkilotlar, tijorat banklari matbuot kotiblarining ishi sal boshqacharoq shakllangan. Ularga ijodiy xodim deb emas, balki o‘zi "non yeb turgan" muassasa haqida tanqid chiqmasligini kafolatlovchi shaxs sifatida qaraladi. Bu tashkilotlar xayrixoh nashrlarga yil boshidan reklama yoki boshqa targ‘ibot ishlari uchun ajratadigan mablag‘larni go‘yo tanqid yomg‘iridan asrovchi o‘ziga xos "soyabon" deb biladi… Yana bir ochiq manzara bor. Bugun adadi ko‘p ming sonli markaziy gazetalarda chiqmagan tanqid internet nashrlarida yoki ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinmoqda. Shu sababli vazirlar va boshqa amaldorlar endi o‘zi va tashkiloti uchun asosiy “xavfli manzil”ni ijtimoiy tarmoqlar va internet, deb bilmoqda. Qanday yo‘l tutmoq kerak? Rahbarlar mashhur saytlarning yetakchi jurnalistlariga "sovchi" qo‘yishayapti – matbuot kotibligiga ishga taklif qilmoqda”, — deyiladi maqolada.

Shuningdek, ayrim matbuot kotiblari saviyasi talabga javob bermasligi, ular ikki qator fikrni eplab yozolmasa, ba’zilari jurnalistika ko‘chasiga qadam ham qo‘ymaganligi ta’kidlandi.

Maqolada Jurnalistlar ijodiy uyushmasi yoki OAVni monitoring qilish markazi tomonidan tashkil qilinadigan va muhim mezonlarni qamrab oluvchi “Matbuot xizmatlari” haftalik reytingini tuzish taklif qilindi. Bu g‘ayrat bilan, kuyib-yonib ishlayotgan matbuot kotiblarini rag‘batlantirishi umuman ishlamayotgan kotiblarni esa tetiklik va hushyorlikka undashi, vazirlarni kerakli choralar ko‘rishga majbur qilishi ta’kidlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2018, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют