» » 1-oktabrdan Toshkentda avtoturargohlar xususiy kompaniyalarga beriladi

1-oktabrdan Toshkentda avtoturargohlar xususiy kompaniyalarga beriladi


2018-yil 1-oktabrdan Toshkentda avtomototransport vositalarini vaqtinchalik saqlash xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar tomonidan qat’iy belgilangan soliq to‘lash tartibi bekor qilinadi, deb yozadi Spot “Toshkent shahrida investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha eksperimentni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoniga tayanib.

Endi ushbu kompaniyalar O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan tartibda yagona soliq to‘lovi yoki boshqa umumbelgilangan soliqlar to‘lashga o‘tkaziladi.

Hujjatga muvofiq, avtomototransport vositalarini vaqtinchalik saqlash xizmatlari, joylashuvidan qat’i nazar, yuridik shaxslar tomonidan avtomototransport vositalarini vaqtinchalik saqlash joylari soliq organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish imkonini beradigan videokuzatuv va avtomototransport vositalari kirish va chiqish vaqtini qayd etish tizimi bilan jihozlanganda amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga avtomototransport vositalarini vaqtinchalik saqlash xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarning tushumlari to‘liqligi ustidan tizimli nazorat o‘rnatish yuklatildi.

Qarorga ko‘ra, eng yuqori ijara to‘lovlari va investitsiya majburiyatlarini taklif etgan, asosan yo‘l harakati sohasida innovatsiya loyihalarini amalga oshirishda tajribaga ega tadbirkorlik subyektlariga mahalliy davlat hokimiyati organlari tasarrufida bo‘lgan, shu jumladan, bozorlar va savdo komplekslariga tutash hududlarda joylashgan avtomobillarni vaqtinchalik saqlash joylarini davlat-xususiy sheriklik shartlarida 10 yilga qadar muddatga ijaraga beriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2018, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют