» » O‘zbekistonda turoperatorlar uchun QQSning nol qiymatini qo‘llash imkoniyati muhokama qilindi

O‘zbekistonda turoperatorlar uchun QQSning nol qiymatini qo‘llash imkoniyati muhokama qilindi


O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasida Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov (avval Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi bo‘lgan) tashabbusi bilan tashkil etilgan ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb yozadi Spot.

Unda soliqqa tortishning yangi tizimida turoperatorlar uchun QQS (qo‘shilgan qiymat solig‘i)ning nol qiymatini qo‘llash imkoniyati muhokama qilindi.

Turoperatorlar fikricha, turistik faoliyat subyektlarining umumiy soliqqa tortish tizimiga o‘tkazilishi korxonalarga soliq yuklamasining oshishiga, natijada O‘zbekistonga turlarning 20—25 foizga qimmatlashishiga olib keladi, bu esa O‘zbekistonga sayyohlar oqimi pasayishiga sababchi bo‘ladi.

Davlat soliq qo‘mitasi vakillari Soliq kodeksining yangi tahrir ishlab chiqilayotgani haqida gapirib, soliqqa tortishning yangi tizimini tushuntirib berdi. Shuningdek, ular xizmatlar eksportchilarini mahsulotlar eksportchilari bilan tengma-teng qo‘llab-quvvatlash fikrini yoqlab chiqdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2018, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют