» » Milliarderlar uchun tilla iPhone XS taqdim etildi

Milliarderlar uchun tilla iPhone XS taqdim etildi


Britaniyaning Goldgenie kompaniyasi iPhone XS Billionaire Solid Gold edition uchun oldindan buyurtmani ochdi, deb yozadi “Life.ru”.

Bu korpusi shohona bezatilgan 2018-yilgi iPhone. Goldgenie Apple’ga bevosita aloqador emas. Shu sababli matbuot bu e’lonni axborotning tarqalib ketishi sifatida qabul qilmadi. Kompaniya smartfonni o‘z shaxsiy niyatlari asosida iPhone XS deb nomlagan bo‘lishi mumkin.

Smartfon korpusi tilladan yasalgan. Orqa panelda Apple hamda Billionaire Solid Gold edition lineykasi logotiplari joylashgan.

Qurilma bitta talqinda 256 GB xotira bilan chiqariladi. iPhone XS Billionaire Solid Gold edition’ning narxi 113 ming dollarga teng. Bu telefonning oddiy versiyasida 100 barobar qimmat demakdir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2018, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 46) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют