» » O‘zbekiston perinatal markazlarda “tezkor aloqa” tarmog‘i ishga tushirildi

O‘zbekiston perinatal markazlarda “tezkor aloqa” tarmog‘i ishga tushirildi


Sog‘liqni saqlash vazirligining “Ishonch telefoni” — 1003 tarkibida kunu-tun faoliyat ko‘rsatuvchi “tezkor aloqa” tarmog‘i Respublika Perinatal markazida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri perinatal markazlarida ishga tushirildi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Ushbu “tezkor aloqa”ning asosiy maqsadi — real vaqt rejimida qizlar va ayollarga sifatli tibbiy maslahatlar berish, oilada notinch holatlar yuzasidan ayollar tomonidan bildirilgan murojaatlarga ko‘ra oilani saqlab qolishga doir tegishli maslahatlar berish, reproduktiv salomatlik va jinsiy tarbiya yuzasidan aholi bilimi va madaniyatini oshirishga qaratilgan hamda qizlar va ayollarning murojaatlarida ko‘tarib chiqilayotgan masalalarni tahlil qilish, umumlashtirish va sohaga oid tizimli muammolarning oldini olish borasida tegishli tashkilotlarga takliflar kiritishdir.

“Mazkur sa’y-harakatlar 14 millionga yaqin ayollarimiz va qizlarimizga samarali akusher-ginekologik xizmati hamda ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yanada oshirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir”, — deyiladi vazirlik axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2018, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют