» » Buxoroda jazoni o‘tayotgan 18 nafar mahkum ozodlikka chiqdi

Buxoroda jazoni o‘tayotgan 18 nafar mahkum ozodlikka chiqdi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Kogon shahar sudi tomonidan 2 avgust kuni Buxoro viloyat IIB Jazoni ijro etish bo‘limi UYa 64/85-sonli jazoni ijro etish muassasasida sayyor sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda shahar sudi sudyasi Zarif Sherov “Daryo”ga ma’lum qildi.

Sayyor sud majlisida 18 nafar mahkumga nisbatan jazoni ijro etish muassasasi tomonidan kiritilgan taqdimnomalar ko‘rib chiqilib, Jinoyat kodeksining 74-moddasiga asosan muassasada jazo turi uchun o‘rnatilgan tartib-qoida talablarini bajargan va mehnatga halol munosabatda bo‘lgan mahkumlarning o‘talmay qolgan ozodlikdan mahrum qilish jazo muddatlari axloq tuzatish ishlari jazosiga almashtirish bo‘yicha ajrimlar e’lon qilingan.

Sud raisi Zarif Sherov mahkumlarga ularning huquq va majburiyatlari, almashtirilgan yengilroq jazoni o‘tash davrida boshqa jinoyat sodir etilgan taqdirda jazoning o‘talmagan qismi yangi jazoga qo‘shilgan holda tayinlanishi mumkinligi, shu sababli axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tash tartib-qoidalariga qat’iy rioya qilib, munosib xulq-atvorda bo‘lish lozimligi haqida tushuntirish bergan.

Sayyor sud majlisi davomida mahkumlar ham qilmishlaridan pushaymonliklari, yaqinlari bag‘riga qaytishga imkon bergan qonunning insonparvarlik tamoyili uchun minnatdor ekanliklarini ta’kidlagan. “Ular kelgusida jinoyat sodir etmay, halol mehnat va sog‘lom turmush tarzini tanlashga va’da berdi”, — deb yozadi Zarif Sherov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2018, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 43) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют