» » O‘zbekistonda turizm sohasidagi kompaniyalarga ba’zi imtiyozlarni taqdim etish tartibi belgilandi

O‘zbekistonda turizm sohasidagi kompaniyalarga ba’zi imtiyozlarni taqdim etish tartibi belgilandi


Avvalroq O‘zbekistonda sayyohlik kompaniyalariga bir qator imtiyozlar taqdim etilgani, ular orasida soliq solinadigan bazani kamaytirish ham borligi xabar berilgan edi. Endi esa O‘zbekiston Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining qo‘shma qarori bilan ushbu imtiyozlarni taqdim etish tartibi tasdiqlandi, deb yozadi Spot.

Unga muvofiq, soliq solinadigan baza quyidagi summalarga kamaytiriladi:

100 million so‘mgacha — xo‘jalik yurituvchi subyektlarning 2020-yilning 1-yanvariga qadar sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigiyena normativlariga muvofiq keladigan zamonaviy sanitariya-gigiyena tarmoqlarini qayta tiklash, kapital ta’mirlash va qurishga yo‘naltirilgan xarajatlari;

12 million so‘mgacha — har yili 2025-yilning 1-yanvariga qadar xo;jalik yurituvchi subyektlarning sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigiyena normativlariga muvofiq keladigan zamonaviy sanitariya-gigiyena tarmoqlarini, turizm infratuzilmasi obyektlarini saqlashga yo‘naltirilgan xarajatlari.

Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning soliq solinadigan bazasini 100 million so‘mgacha kamaytirish imtiyoziga ega bo‘lish uchun soliq to‘lovchi Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarining xulosasini olishi lozim.

2020-yil 1-fevralgacha markazning xulosasi olinmagan taqdirda, soliq to‘lovchining ushbu obyektning tegishli qismiga nisbatan soliq solinadigan bazasini kamaytirishga bo‘lgan imtiyoz bekor qilinadi va u soliq solinadigan bazasining kamaytirilgan davrlari uchun aniqlashtirilgan soliq hisobotlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etishi lozim.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2018, 12:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют