» » Tojikiston tog‘larida rossiyalik uch nafar alpinist va ikki tojik uchuvchisi halok bo‘ldi

Tojikiston tog‘larida rossiyalik uch nafar alpinist va ikki tojik uchuvchisi halok bo‘ldi


Rossiyalik uch nafar alpinist va ikki tojik uchuvchisi Tojikiston tog‘larida Mi-8 vertolyotida amalga oshirilgan qattiq qo‘nish oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

Yana 6 kishi turli darajada jarohat oldi.

Havo kemasi bortida jami 15 nafar alpinist va ekipajning uch a’zosi bo‘lgan. Fojia ular sobiq Ittifoqdagi eng yuqori nuqta — Ismoil Somoniy cho‘qqisiga ko‘tarilishdan so‘ng lagerga qaytayotganida sodir bo‘lgani bildirilmoqda.

Tojikiston turizmni rivojlantirish kengashiga ko‘ra, halok bo‘lgan alpinistlarning oilalari va jabrlanganlarga to‘lanadigan tovon puli summasi 30 mingdan 50 ming dollargachani tashkil etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2018, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют