» » Shavkat Mirziyoyev oktabr oyida Hindistonga boradi

Shavkat Mirziyoyev oktabr oyida Hindistonga boradi


Prezident Shavkat Mirziyoyevning Hindistonga ilk davlat tashrifi shu yil oktabr oyida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari Suhrob Xolmurodov o‘zbek—hind hukumatlararo komissiyasining 16-avgust kuni bo‘lib o‘tgan 11-yig‘ilishida ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.uz”.

“Komissiyaning bugungi yig‘ilishida yetakchilarimizning joriy yil oktabrida Dehli shahrida o‘tkaziladigan bo‘lajak uchrashuvi kun tartibidan o‘rin oladigan hamkorlikdagi tadbirlar va loyihalarni kelishib olamiz, degan umiddaman”, — dedi Bosh vazir o‘rinbosari.

Hindiston savdo-sanoat vaziri Suresh Prabxuga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyevning tashrifi mamlakatnning davlat bayrami — Gandi tug‘ilgan kunga to‘g‘ri kelishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, mazkur bayram Hindistonda 2-oktabr kuni nishonlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2018, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют