» » Nima uchun sushi unchalik foydali emas?

Nima uchun sushi unchalik foydali emas?


Sushini “sog‘lom” taomlardan biri deb hisoblashadi. U dengiz mahsulotlari va o‘simliklaridan tayyorlanadi, iste’mol qilingandan so‘ng qorinda og‘irlik sezilmaydi. Siz yetarli miqdorda oqsil va sabzavotlarga ega bo‘lasiz. Haqiqatan ham bu taom shunchalik foydalimi?

O‘zining ixcham shakliga qaramasdan rollning bir kishiga mo‘ljallangan miqdori mayonez, pishloq va oq guruch kabi masalliqlar tufayli 500 dan ortiq kilokaloriyani tashkil qiladi.

O‘rtacha olinganda ko‘pchilik sushi va rollarga yarim piyola guruch qo‘shiladi. Odatda mutaxassislar bir kunda yarim piyoladan ko‘p bo‘lmagan miqdorda guruch yeyishni tavsiya qiladi. U holda siz 2 porsiya sushi bilan kunlik me’yorni 2 martaga oshirgan bo‘lasiz.

Obdon ishlov berilgan oq rangdagi guruch tarkibida qand moddasining qonga tushish tezligini oshirishga yordam beruvchi elementlar bor. Qondagi qand miqdori keskin ko‘tarilishi to‘yish hissini uyg‘otadi. Lekin, keyin qondagi qand miqdori tez pasayadi va yana ochlik hissini keltirib chiqaradi.

Kletchatka va vitaminlarga boy po‘stlog‘i saqlanib qolishi tufayli ishlov berilmagan yovvoyi guruch tarkibida foydali moddalar ko‘proq bo‘ladi.

Опубликовано: admin (17-02-2017, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют