» » Jismoniy tarbiya va sport vaziri davlat va xususiy sheriklik asosida xizmatlar tashkil etish taklifini kiritdi

Jismoniy tarbiya va sport vaziri davlat va xususiy sheriklik asosida xizmatlar tashkil etish taklifini kiritdi


2018-yil 15-avgustda Jismoniy tarbiya va sport vazirligining kengaytirilgan hay’at majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev, vazir o‘rinbosarlari, boshqarma boshliqlari hamda hududiy boshqarma boshliqlari ishtirok etdi. Bu haqda “Daryo”ga vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Dilmurod Nabiyev Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasining 2018—2019-yillar manzilli dasturida belgilangan inshootlarda olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari, mavjud muammolar hususida to‘xtalib, vazirlik tizimidagi mutasaddi raxbarlarga kerakli tavsiyalar berdi.

Shuningdek, bugungi davr nuqtayi nazaridan, barcha hududiy boshqarmalar tomonidan davlat va hususiy sheriklik asosida xizmatlar tashkil etishni tadbirkorlarga taklif etish va bu bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirish vazifalarini belgilab berdi.

Kengaytirilgan hay’at yig‘ilish joylarda jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish, aholining barcha qatlamlari, ayniqsa uyushmagan yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb qilish, yaratilgan sharoitlar hamda sport inshootlari quvvatidan foydalanish samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, bu borada mavjud muammolar va ularning yechimlari xususida tanqidiy ruhda olib borildi.

Vazirlikning hududiy boshqarmalarida aholi o‘rtasida sportni ommalashtirish yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri hamda Buxoro viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig‘i qo‘shimcha ma’lumot berishdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2018, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют