» » Toshkent shahridagi davlat shifoxonalariga dori-darmon va tibbiyot vositalari xarid qilish uchun ajratilayotgan mablag‘ kamida ikki barobarga oshiriladi

Toshkent shahridagi davlat shifoxonalariga dori-darmon va tibbiyot vositalari xarid qilish uchun ajratilayotgan mablag‘ kamida ikki barobarga oshiriladi


Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonov “Toshkent shahrida sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish, tibbiyot muassasalari faoliyatini boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish hamda uning samaradorligini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga imzo chekdi. Ushbu hujjat mazmun-mohiyatini keng ommaga yetkazish maqsadida Toshkent shahar hokimligida brifing uyushtirildi, deya xabar beradi hokimlik axborot xizmati.

Qaror davlat rahbari tomonidan qabul qilingan tegishli qarorlarda belgilangan vazifalarni bajarish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida joriy yil 5-yanvar va 7-fevral kunlari o‘tkazilgan yig‘ilishlar topshiriqlari ijrosini ta’minlash, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat va tez tibbiy yordam sifatini tubdan yaxshilash, oilaviy poliklinikalar tomonidan ko‘rsatilayotgan patronaj xizmati sifatini yanada takomillashtirish, onalik va bolalikni muhofaza qilish, ayollar sog‘lig‘ini mustahkamlash, tibbiyot muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish, tizimda yuz berayotgan tamagirlik, tovlamachilik, bemorlarga e’tiborsizlik kabi illatlarni oldini olish maqsadida qabul qilindi.

Hujjatga ko‘ra, Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi va uning hududiy organlaridagi kadrlar tarkibini tubdan qayta ko‘rib chiqish hamda yuqori malakali mutaxassislar, halol, pok, vijdonli, mas’uliyatli xodimlar bilan mustahkamlash chora-tadbirlari ko‘rilib, mazkur talablar asosida sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘ini va boshqaruv organlari rahbarlarining malakasi hamda kasbiy tayyorgarligi darajasini doimiy ravishda oshirib borish tizimi yaratilib, ularning egallab turgan lavozimiga munosibligi har yili tegishli davlat organlari va jamoat tashkilotlari bilan kelishgan holda attestatsiyadan o‘tkazilib, baholab boriladi.

Endilikda Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi tizimidagi shifoxonalarga dori-darmon va bog‘lov vositalarini xarid qilish uchun ajratilayotgan mablag‘lar kamida ikki barobarga oshiriladi. Shifoxonada yotib yoki statsionar tartibda davolanayotgan bemorlarni tibbiyot muassasasida mavjud dori-darmon vositalari bilan tanishtirib borish maqsadida barcha palatalarda dori-darmon vositalarining ro‘yxatlari o‘rnatilib, bemorlar tomonidan olib keltirilishiga qat’iyan chek qo‘yiladi.

Tuman hokimliklari soliq inspeksiyalari bilan hamkorlikda yirik tibbiyot muassasalari joylashgan hududda faoliyat olib borayotgan dorixonalar, yuridik shaxslar tomonidan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlariga narx belgilash tartibi yuzasidan monitoring o‘tkazib, qaror talablari buzilganlik holatlari aniqlanganda qonun doirasida chora ko‘radi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-02-2017, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют